Tahlillarga qaytish

Kompyuter o‘yinlariga qaramlik

Dunyoda voyaga yetmaganlarning kompyuter o‘yinlariga qaramlik (Internet Gaming Disorder, IGD) dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

2025-yil 14-iyul
Kibersport
~ 1 daqiqa o‘qish
Kompyuter o‘yinlariga qaramlik

Dunyoda voyaga yetmaganlarning kompyuter o‘yinlariga qaramlik (Internet Gaming Disorder, IGD) dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.


O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, dunyoda 5-17 yoshdagi bolalarning 3%-8,5% raqamli o‘yinlarga ruju qo‘ygan. Bu ko‘rsatkichlar davlatlar kesimida qaralganda farq qilishi mumkin. Osiyo mamlakatlarida qaramlik darajasi eng yuqori hisoblanadi.


Misol uchun, Xitoy va Janubiy Koreya o‘yinga qaramlik muammosi keskin bo‘lgan davlatlardan hisoblanadi. Mazkur davlatlar o‘smir yoshlarining 10% dan ortig‘i shu kasallikka uchragan. Singapurda 9,9%, AQSHda 8,5%, Germaniyada 11,9%ni tashkil qiladi.


Qaramlikning asosiy sababi sifatida ijtimoiy aloqalarni o‘yinlar orqali o‘rnatish vositasi sifatida qarash, nazoratning yo‘qligi, reallikdan qochish kabi omillar hisoblanadi.


Dunyodagi tendensiya O‘zbekistonda ham holat shundayligini anglatishi mumkin. “datareportal.com” veb-saytining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilboshida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 30 millionga yaqinni tashkil qilmoqda.


Internetdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Roblox, Dota 2,Counter‑Strike 2, Call of Duty kompyuter o‘yinlari, PUBG Mobile, Mobile Legends, Free Fire mobil o‘yinlari mashhur hisoblanadi.

Hero background image
Site logo

Bolalar uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy, ma'rifiy ahamiyatga ega milliy kontentlar va targ‘ibot vositalari yaratishni qo‘llab quvvatlaydigan tashkilot.

Toshkent shahar, Olmazor tumani
+998 (55) 511-1505
childrenscontentuz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlar
© 2026 Bolalar kontentini rivojlantirish markazi
Designed & Developed byteiior