Tanlovlarga qaytish

Boburning bolaligi badiiy-publitsistik filmi uchun ijodiy tanlov

Ulugʻlar bolaligi tarixiy-badiiy filmlar turkumining navbatdagi loyihasi - Boburning bolaligi badiiy-publitsistik filmi uchun ijodiy tanlov eʼlon qilinadi.

Yakunlangan
Muddat: 04.11.2025
~ 2 daqiqa oʻqish
Tanlov maʼlumotlari
"Boburning bolaligi" badiiy-publitsistik filmi uchun ijodiy tanlov

“Ulugʻlar bolaligi” tarixiy-badiiy filmlar turkumining navbatdagi loyihasi – “Boburning bolaligi” badiiy-publitsistik filmi uchun ijodiy tanlov eʼlon qilinadi.

Loyihada Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik yillari, ota-onasi bergan tarbiyasi, ustozlaridan olgan taʼlimi uning kelgusi hayotida qanday aks etgani haqida bolalarga qiziqarli va tushunarli uslubda namoyish etilishi lozim.