Bolalar kontentini rivojlantirish markazi bolalar va o'smirlar uchun mo'ljallangan “MILLAT BAYROG'I” nomli badiiy filmni suratga olish maqsadida ishlab chiqaruvchi subyektlar (yuridik shaxslar) o'rtasida badiiy film loyihasiga qayta ijodiy tanlov e'lon qiladi.
Film loyihasida davlat bayrog'iga hurmat hamda milliy g'urur kabi tuyg'ular hayotiy voqealar va qahramonlar taqdiri orqali aks etishiga asosiy talab sifatida qaraladi.
