Tanlovlarga qaytish

Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi dolzarb muammolarga bag'ishlangan serial loyihasiga qayta tanlov

Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o'rtasidagi dolzarb muammolarga bag'ishlangan, ularning onlayn qimor o'yinlari va psixotrop moddalar savdosiga aralashib qolishini oldini olishga qaratilgan serial loyihasi

Yakunlangan
Muddat: 20.11.2025
~ 1 daqiqa oʻqish
Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi dolzarb muammolarga bag'ishlangan serial loyihasiga qayta tanlov
Tanlov maʼlumotlari
Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi dolzarb muammolarga bag'ishlangan serial loyihasiga qayta tanlov


Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Ekspertlar kengashi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi dolzarb muammolarga bagʻishlangan, ularning onlayn qimor oʻyinlari va psixotrop moddalar savdosiga aralashib qolishini oldini olishga qaratilgan serial loyihasi boʻyicha g'olib aniqlanmagani sababli qayta tanlov eʼlon qiladi.

Serial loyihasi yuqoridagi talablarga javob berishi va syujetda bolalar taqdiri aks ettirilgan bo'lishi lozim.

Tanlovda ijodkorlar va studiyalarning tajribasi muhim sanaladi.

Tanlov shartlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Tanlovga hujjatlarni qabul qilish 2025-yil 10-noyabrdan 2025-yil 20-noyabrga qadar davom etadi.


Telefon: +998555111505 (ichki 1005).

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 2-"A" uy