▪️ Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasi bilan bebaho nomoddiy merosimiz — milliy allalarni asl ijrosida audio va video formatda yozib oliş maqsadida “ALLA” ilmiy-jodiy ekspeditsiyasi yölga qöyildi.
📌 Loyihaning ijtimoiy ahamiyati:
⚠️ Xavf. Har bir hududning öziga xos ohangi, talaffuzi va ijro anʼanasini mujassam etgan allalarning aksariyati bugungaça yagona tizimda jamlanmagani bois, ayrimlari unutilib, yöqolib ketiş xavfi ostida.
✅ Işonçli manba. Uşbu loyiha milliy merosimizni raqamli formatda kelajak avlodlarga yetkaziş bilan birga, farzandiga sof özbek allalarini eşittirişni istagan ota-onalar uçun işonçli manbaga bölib xizmat qiladi.
👩💻Yagona baza. Töplangan namunalar “Alla” yagona milliy platformasi bazasiga joylaştiriladi.
Muallif: Öktam Hakimov.
📍 Ayni paytda ijodiy guruh Toşkent şahri va Toşkent viloyatida tasvirga oliş işlarini olib bormoqda. Tez orada ekspeditsiya yurtimizning boşqa hududlarida ham davom etadi.















