“Aqlvoy” telekanali jamoasi bilan bölib ötgan uçraşuv konstruktiv va samarali ruhda ötdi. Unda bolalar mediasini yanada rivojlantirişga qaratilgan ustuvor yönalişlar belgilab olindi.
Uçraşuvda bolalar kontentini isteʼmol qiliş tendensiyalari ham muhokama qilindi. Bugungi kunda bolalar asosan qaysi platformalar orqali kontent körayotgani, ularni qaysi yönalişdagi dasturlar köproq jalb etayotgani yuzasidan fikr almaşildi. Şu asosda kontentni zamon talablari va auditoriya qiziqişlariga mos ravişda rivojlantiriş muhimligi taʼkidlandi.
Qanday özgarişlar kutilmoqda?
“Polapon şou” — oilaviy şou loyihasini suratga oliş işlari jadal davom etmoqda. Yaqin kunlarda premyerasi taqdim etilişi rejalaştirilgan.
Uçraşuv davomida “Aqlvoy” telekanalining 10 dan ortiq yangi va amaldagi loyihalari körib çiqildi. Markaz tomonidan uşbu loyihalarni sifat jihatidan takomillaştiriş va yangilaşga kömaklaşiş belgilandi.
Ijodiy jamoa salohiyatini yanada oşiriş maqsadida xalqaro tajribani örganişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu doirada mutaxassislar uçun yetakçi xorijiy telekanallarda malaka oşiriş imkoniyatlarini yaratiş rejalaştirildi.












