▪️ Ekspertlar kengaşi yiğilişida “Bi-Bip” köp qismli animatsion loyihasining adabiy ssenariysi hamda 3D modellaştiriş jarayonlari taqdimoti körib çiqildi.
▪️ Kengaş aʻzolari multserialni yanada qiziqarli qiliş uçun unga eng zamonaviy transport turlarini ham kiritiş böyiça tavsiyalar berdi.
📌 Loyiha haqida
Uşbu loyiha maktabgaça yoşdagi bolalarga turli transport vositalarini qiziqarli usulda örgatişga möljallangan. Multserial bolalarning til, idrok hamda ijtimoiy könikmalarini rivojlantiradi.
Özbekistonda maktabgaça taʻlim tizimi sönggi yillarda jiddiy rivojlanib, 2025-yilda 38 058 ta boğçaga 2 349 994 nafar bola (77,0 foiz) qamrab olindi. Ular uçun sifatli özbekça bolalar kontenti yaratiş har doim muhim. “Bi-bip” loyihasi ana şu maqsadga xizmat qiladi.
Ijroçi: “Bolalar production” MÇJ
Rejissyor: Abdulatif Haydarov
Studiya: “Astir animation studio” MÇJ
📌 Ekspertlar kengaşi loyihani keyingi bosqiçga ötkazişni maʻqulladi.









