Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi tomonidan eʼlon qilingan, uzoq kutilgan bolalar adabiyoti böyiça ijodiy tanlovlar ğoliblari maʼlum böldi.
Tanlovda hayratlanarli körsatkiçlar qayd etildi!
Bir oy davom etgan qabul jarayonida jami 117 nafar muallifdan 544 ta ijodiy iş kelib tuşdi. Yönalişlar böyiça statistika bilan tanişing:
📖 Ertak-romanlar: 40 nafar ijodkordan 42 ta loyiha;
✨ Milliy ertaklar: 68 nafar muallifdan 312 ta ertak;
🦉 Masallar: 22 nafar ijodkordan 190 ta masal.
Bugun barça yönalişlar böyiça tanlov ğoliblari yaqin soatlar içida, navbatma-navbat rasmiy sahifalarimizda eʼlon qilinadi.
Bizni kuzatişda davom eting va yangiliklarni ötkazib yubormang!






