Prezidentimiz taşabbusi bilan bolalar kontenti sohasida oçiq muloqot taşkil etildi. Tadbirda ijodkorlar, ilmiy soha vakillari, masʼullar va jamoatçilik faollari iştirok etdi.
Bolalarimiz öqiyotgan kitoblar, körayotgan multfilmlar va raqamli olamdagi qiziqişlari ularning ertangi şaxsiyatini belgilaydi. Şu bois, bolalar kontenti mavzusi barçamizga — soha mutaxassislari, ijodkorlardan tortib, ota-onalargaça birdek taalluqlidir.
Agar bolalarimizning sifatli media mahsulotga bölgan ehtiyojini milliy kontentlar bilan qoplamasak, böşliqni axloqiy mezonlarimizga zid çet el mahsulotlari töldira boşlaydi.
Ayni şu xavflarning oldini oliş va sohani yangi bosqiçga kötariş maqsadida taşkil etilgan oçiq muloqot barça yiğilganlarni umumiy maqsad yölida birlaştirdi.
Tadbir bolalar kontenti sohasidagi eng oğriqli muammolarni oçiq-oydin örtaga taşlaş maydoni böldi. Muloqot davomida:
✅ bolalar kontenti sohasidagi mavjud masalalar muhokama qilindi;
✅ yangi ğoya va kreativ loyihalar, ularni amalga oşiriş böyiça takliflar körib çiqildi;
✅ xalqimiz suygan rejissyorlar, animatorlar, yozuvçilar va jamoatçilik faollari bilan erkin fikr almaşildi.
📌 Tadbirda iştirok eta olmagan faollar öz takliflarini onlayn taqdim etişmoqda.
Farzandlarimiz uçun sifatli kontentni birgalikda yaratamiz!















