Tadbirda Özbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi raisi, ”Astir animation studio” MÇJ rahbari Abdulatif Haydarov, “Uzbekistan Creative Association” rahbari Abduvali Haydarov, “United Soft” kompaniyasi asosçisi va prodyuseri Lazizxon Ğaniyev, “Lola Animation” kompaniyasi asosçisi va rahbari Azimjon Rahimjonov, “Art Craft” studiyasi rejissyori Davlatşoh Arabşoyev, “DIP Animation” studiyasi rahbari Pavel Kim hamda rejissyor va animatorlar Odil Mahamadov va Aziz Muhammedov iştirok etdi.
📌Uçraşuvning muhim nuqtalari:
✅ Global bozor va brending: milliy animatsiya mahsulotlarini yaratiş bilan birga, ularni yirik brendga aylantirgan holda mahalliy va xalqaro bozorlarga olib çiqiş böyiça strategiyalar körib çiqildi.
✅ Tizimli merçandayzing: multqahramonlar qiyofasidagi öyinçoqlar, kitoblar, kiyimlar va boşqa mahsulotlarni işlab çiqarişni tizimlaştiriş masalasi muhokama qilindi. Zero, bola sevgan qahramonini nafaqat ekranda körişi, balki uni qölida uşlaşi va özi bilan olib yurişi muhimdir.
✅ Tomoşadan keyingi hayot: multfilm qahramonlarini bolalar hayotining ajralmas qismiga, ularning ilk dösti va orzusiga aylantiriş asosiy maqsad etib belgilandi. Haqiqiy qahramon ekran bilan çeklanmay, bolaning qalbi va xotirasidan joy olişi kerakligi taʼkidlandi.
✅ Tajriba va innovatsiya: yetakçi animatsiya kompaniyalari vakillari öz yutuqlari va amaliy yondaşuvlari bilan örtoqlaşib, sohani rivojlantiriş böyiça öz takliflarini ilgari surişdi.
💫 Taʼkidlanganidek, milliy animatsiya faqat ijodiy mahsulot bölmay, u kelajak avlod tarbiyasi va maʼnaviyatiga yönaltirilgan muhim strategik investitsiyadir.















