Bolalar adabiyotining yangi avlodini yuzaga çiqariş, bolalar va ösmirlar uçun mazmunli asarlar yaratiş maqsadida ilk bor ötkazilgan “Bolalar uçun yozamiz: ertak-romanlar” ijodiy tanlovi öz yakuniga yetdi.
Ekspertlar kengaşi aʼzolari tomonidan 40 nafar muallifning 42 ta loyihasi içidan eng saralari tanlab olindi.
Ğolib loyihalar va mualliflar:
Suhrob Ziyo – “Kuşon şahzodasining sarguzaştlari”
Odinaxon Muhammadjonova – “Angişvona Millining sarguzaştlari”
Bahromjon Akbarov – “Saxiyqalb haqida afsona”
Otabek Quvvatov – “Zuhraxonning xayollari”
Ismoil Şomurodov – “Uç olam sarguzaştlari”
Bek Ali – “Qöğirçoqlar qayğusi”
Gulçiroy Ibrohimova – “Qadrdonim – Hudhud”
Zafar Tilovov – “Salomjon va sehrli sözlar örmoni”
Javlon Jovliyev – “Umid ovozi”
Najmiddin Ermatov – “Alp Arslon”
Mazkur loyihalar bolalarni ahillik va jamoaviylikka undovçi, qizlarning ijtimoiy faolligini oşirişga xizmat qiluvçi hamda yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini uyğotuvçi asarlar sifatida yuqori baholandi.
Navbatdagi bosqiçda mualliflar bilan hamkorlik şartnomalari imzolanadi va belgilangan muddat içida ertak-romanlarni yoziş böyiça ijodiy buyurtmalar beriladi.
Tanlovda iştirok etgan barça ijodkorlarga öz minnatdorligimizni bildiramiz.
Markaz barça mualliflarga ijodiy zafarlar tilaydi!






