— Aslida, har qanday badiiy film — u animatsion böladimi, kino böladimi — öz ildizini mustahkam badiiy asardan olişi şart. Bu — muvaffaqiyatning eng asosiy mezoni. Bunga misollar köp: “Şum bola”, “Ötkan kunlar”.
Öz ijodimda ham bu haqiqatni anglaganman. “Ilhaq” filmi ssenariysiga Alinazar Egamnazarovning “Beş jangçining onasi” asari asos bölgan.
Ayniqsa, bolalar uçun kontent yaratişda bu tamoyil yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Şu örinda bir aniq va inkor qilib bölmas haqiqatni aytaman:
“Bolalar adabiyotini qöllab-quvvatlamasdan, uni rağbatlantirmasdan turib, bolalar kontentini rivojlantirib bölmaydi.”
Bolalar adabiyoti yönalişidagi tanlov ğoliblaridan biri aytgan edi:
“Bu — millat buyurtmasi.”
Men bu fikrga töliq qöşilaman.
Bolalar uçun yoziş — bu oddiy ijod emas.
Bu — Millat buyurtmasi!
Jahongir Ahmedov,
Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi direktori















