“Bolalar uçun yozamiz: ertak-romanlar” ijodiy tanlovida “Alp Arslon” nomli ertak-roman loyihasi bilan ğolib bölgan ijodkor Najmiddin Ermatov ijodiy tanlov haqida fikrlarini bildirdi:
Burnoği yil Qozoğistonga borganda bir holatga havas qilgandim. Naşriyotlar, aksar taşkilotlar, metsenatlar ijodkorlarga buyurtma beradi yoki homiylik qiladi, şoir yo yozuvçi asarni yozadi va yaxşigina qalam haqi ham oladi. Öşanda özimizdagi ijodiy sohaga aloqador idoralarning işlarini öylab, atta-ang, deganman.
Biz tengi aksar ijodkorlarda bir öy bor. Biror asarning ğoyasini pişitsang, ozroq parça ham yozib manfaatdor taşkilotga oborsang. Ularga maʼqul keladigan bölsa, bosib yozsang. Tuzukkina qalam haqi ham olsang. Har ikki taraf ham foyda köradi. Örtada yaxşigina asar yaraladi.
Şukrki, endi-endi şunday öylarning amaldagi jarayonlariga guvoh bölyapmiz. Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi ertak-romanlar yoziş böyiça tanlov ötkazdi. Şunga yozilajak asar ğoyasini va ozroq parçasini topşirgandim. Hakamlarga maqbul kelibdi. Endi yoziş kerak. Yozganda ham katta masʼuliyat bilan yoziş lozim.
Muhimi, bolalar adabiyoti bir qator asarlarga boyişidan umidimiz bor. Yana umid şuki, Markaz boşlagan xayrli taşabbus aynan daxldor va boşqa taşkilotlarga ham yuqsa, yozarmanlar safi kengaysa, kuçli-kuçli asarlar yozilsa, bolalarimizning köziga bir zumga bölsa ham uyalmay, hijolat bölmay qaray olsak!






