“Bolalar uçun yozamiz: ertak-romanlar” ijodiy tanlovida “Kuşon şahzodasining sarguzaştlari” nomli ertak-roman loyihasi bilan ğolib bölgan ijodkor Suhrob Ziyo ijodiy tanlov haqida fikrlarini bildirdi:
BOLALAR UÇUN AYTARIMIZ BOR...
Pushkin, Tolstoy, Ğafur Ğulom, Erkin Vohidov, Muhammad Rahmon, Usmon Azim... bu adiblar ijodida bolalar uçun alohida asarlar, turkumlar bor.
Xudoyberdi Töxtaboyev, Anvar Obidjon, Pölat Mömin kabi ijodkorlar esa butun umrini bolalar uçun yozişga bağişlagan.
Har kun qizimga "Mutolaa" ilovasidan bolalar adabiyotidan namunalar eşittiramiz. Şunda aslida badiiy jihatdan pişiq asarlar u qadar köp emasligi körinib qoladi. Texnologik taraqqiyotning örtasida tuğilgan avlod uçun Simba, Muzlik davri, Kung-fu Panda kabi multiklar darajasida taʼsir qiladigan asar topolmayapmiz, töğrisi.
Bugungi bola uçun nima qiziq, degan savolga qizim Daryo misolida javob izlardim. Masalan, u tomda yaşaydigan Karlsonni, Bilmasvoyni, Meşpolvonni qayta qayta eşitadi. Lekin boşqa asarlarga qiziqişi unçalikmas.
Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi ertak-romanlar uçun tanlov eʼlon qilganida ana şularni öylab, biroz ikkilanib loyiha topşirgandim.
Markaz tanlov natijalarini eʼlon qildi. Loyihamiz ğolib deb topilibdi. Raqobat kuçli bölganini bilaman. Işonç bildirilgan ekan, avvalo, loyiha uçun emas, farzandlarim öqişi uçun, öqiş asnosida millat tarixidan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor bölişi, ularni tasavvuriga singdirişini maqsad qilib şu asarni yozişga qasd qildim.
Yana bir tomoni, bu tanlov adabiy buyurtma sirasiga kiradi. Yaʼni, moddiy taʼminoti markaz tomonidan qoplab beriladi. Qölimga qalam olganimdan beri faqat köngil xohişini yozdim. Şu bilan birga avval bunday loyihalar ham yöq edi. Lekin adabiyot tarixida buyurtma asosida yozilgan buyuk asarlar ham bölgan. Ular buyurtmaçidan ham avval adabiyot va millat uçun yozilgani sababdan bugun öqilyapti.
Yo nasib, biz ham şu niyatda bu loyihaga qöl urdik. Bu buyurtma davlatning emas, millatning buyurtmasi. Şu sababdan oldingizda hisobdormiz.
Suhrob ZIYO






