Filadelfiyada ötgan “Çempion” premyerasi AQŞda voyaga yetayotgan özbek bolalarini ona tili, milliy ruh va Vatan tuyğusi atrofida birlaştirdi.
⚽️ Jahon çempionatining hayajonli pallalarida namoyiş etilgan uşbu film yoş yurtdoşlarimiz qalbida sport, matonat va ğalabaga bölgan işonçni uyğota oldi.
🔥 Bolalar filmni katta hayajon bilan tomoşa qilişdi — samimiy kulgi, köz yoşlar… Filadelfiyadagi özbek jamoatçiligi vakillari bunday filmlar suv va havodek zarurligini, bolalarga ona tilimiz, qadriyat va madaniyatimizni örgatişda milliy kontentning örni beqiyos ekanini alohida taʼkidlaşdi.
Film haqida:
▪️ Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasiga asosan
Hamkor: Sport vazirligi
Rejissyor: Alişer Uzoqov
Studiya: “Uzakov production”
Postanovkaçi operator: Jahongir Ibrohimov
Postanovkaçi rassom: Ibrohim Namozov
🇺🇿 Masofa uzoq bölişi mumkin, ammo Vatan hissi doim yaqin.















