🏆 Orlando şahrida bölib ötgan “ÇEMPION” filmi namoyişi Amerikada yaşab kelayotgan özbek bolalari uçun Vatan bilan unutilmas uçraşuvga aylandi.
🎬 Ekrandagi har bir kadr, har bir özbekça söz tomoşabinlar qalbida iliq aks-sado berdi. Amerika bağrida yaşayotgan vatandoşlarimizning nigohida ona yurt soğinçi, samimiy quvonç va faxr tuyğulari mujassam edi.
💫 “ÇEMPION” faqat bolajonlarni emas, ularning ota-onalarini ham qariyb ikki soat davomida ekranga mahliyo qilib qöydi. Film qahramonlarining sof va jonli özbek tilidagi dialoglari, tasvirlarda aks etgan yurtimizning betakror tabiati hamda bolajon aktyorlarimizning samimiy va taʼsirçan ijrosi Orlandodagi vatandoşlarimiz qalbini zabt etdi.
❤️ Bu namoyiş minglab çaqirim uzoqdan turib, Vatanni his qiliş, öz ona tiling, madaniyating va bolalik xotiralaring bilan yana bir bor yuzma-yuz keliş lahzalari böldi.















