Yiğilişda bolalar va ösmirlar uçun möljallangan bir qator loyihalarning ijodiy hamda işlab çiqariş jarayonlari muhokama qilindi.
📌 Kengaşda körilgan loyihalar:
🎬 “QITMIR” hajviy kinojurnalining (“Media House” studiyasi) qisman tayyorgarlik jarayoni bilan tanişildi. Aniqlangan kamçiliklar böyiça tegişli tuzatişlar kiritiş şarti bilan loyiha töliq tayyorgarlik va suratga oliş bosqiçiga ötkazildi.
🎬“ÖĞILOY” serialining ("Fox music cinema” studiyasi) tasvirga oliş jarayoni böyiça hisobot tinglandi. Tasvirga oliş davrida yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş qatʼiy belgilangan holda loyiha postprodakşn bosqiçiga ötkazildi.
📺 “Bolajon” telekanali bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “BOLAKAY” şou-dasturining ilk soni Kengaş aʼzolariga taqdim etildi. Kengaş dastur konsepsiyasini kuçaytiriş, mazmun va ijro sifatini oşiriş böyiça aniq talablarni belgiladi.
📺 “Aqlvoy” telekanali bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “POLAPON”oilaviy şouning ilk soni körib çiqildi. Loyihaning umumiy yönalişi ijobiy baholanib, til meʼyorlariga rioya qiliş va öyin şartlarini yanada takomillaştiriş böyiça körsatmalar berildi. Keyingi sonlarda uşbu talablarning töliq bajarilişi Kengaş tomonidan alohida nazoratga olinadi.
🎬 “ŞOH BOBURNING BOLALIGI” tarixiy-fantastik filmining (“Meros Film Cinema” studiyasi) rejissyorlik ssenariysi, qisman tayyorgarlik jarayoni va videosinov natijalari muhokama qilindi. Filmda buyuk ajdodimizning bolalik obrazini işonarli gavdalantiriş masʼuliyati alohida qayd etildi. Boş rol uçun nomzod tanlaşda obrazga ijodiy va tarixiy jihatdan töliq moslik asosiy mezon etib belgilandi.
📌 Bildirilgan fikr va tavsiyalarni amaliy natijaga aylantiriş, bolalar uçun yanada sifatli kontentlar yaratiş uçun har bir loyiha böyiça aniq vazifalar va keyingi bosqiçlar belgilandi.















