“Bolalar uçun yozamiz: ertak-romanlar” ijodiy tanlovida “Angişvona Millining sarguzaştlari” nomli ertak-roman loyihasi bilan ğolib bölgan ijodkor Odinaxon Muhammadjonova:
— Bolalar kontentini rivojlantiriş markazining tanlov haqidagi eʼlonini eşitib, özimning ertaklarimdan namunalar yuborgan edim. Ğolib bölganimni esa Markazning telegramdagi xabari orqali bildim.
Töğrisini aytaman, tanlovda yutişimga közim yetmagan edi. Bu men topşirgan loyihaga işonçsizlik emas, ayrim qöştirnoq içidagi tanlovlardan keyin paydo bölgan xulosa edi. Bu safar unday bölmadi. Meni tanimay, körmay, faqat loyiham orqali baholaşdi.
Boşida juda qörqdim — eplolamanmi, qölimdan kelarmikan, masʼuliyati katta, deb. Bugun Markazni, jamoani körib, tadbirda ustozlar aytayotgan fikrlarni eşitib, ruhiyatim kötarildi. Endi qörqiş emas, qadam taşlaş kerak. Millat uçun harakat qiliş vaqti keldi.











