▪️ Ekspertlar kengaşi yiğilişida “Farhod va Şirin” töliq metrajli animatsion filmining adabiy ssenariysi va personajlarning 3D modellari taqdimoti körib çiqildi.
▪️ Muhokamalar davomida ayrim personajlar qiyofalarini yaratişda tarixiy faktlarga tayaniş zarurligi alohida taʻkidlandi.
📌 Loyiha haqida
Uşbu animatsion film buyuk mutafakkir Alişer Navoiyning maşhur dostoni asosida yaratilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi mumtoz asarning yuksak badiiy saviyasi va asl mohiyatini saqlab qolgan holda, uni bolalar dunyoqaraşiga mos, qiziqarli hamda tuşunarli usulda yetkazib berişdir. Bu orqali yoş tomoşabinlar milliy merosimiz va tarixiy qadriyatlarimiz bilan zamonaviy 3D formatda tanişiş imkoniga ega böladilar.
Studiya: “United Soft”
Ssenariy muallifi: Jasurbek Turobxöjayev
Sahnalaştiruvçi rejissyor: Lazizxon Ğaniyev
📌 Kengaş bildirilgan muhim tavsiyalarni amalga oşiriş şarti bilan loyihani işlab çiqariş bosqiçiga ötkazişni maʻqulladi.









