Ekspertlar kengaşi “Milliy alla” loyihasi — yurtimiz hududlari böylab allalarni töplaş va “Alla” platformasiga joylaş taşabbusini qöllab-quvvatladi.
Har bir hududning öziga xos ohang, talaffuz va mazmunga ega allalari bor. Biroq xalq oğzaki ijodining bu bebaho namunalarini yagona tizimga jamlaş işlari yölga qöyilmagani sababli, ularning ayrimlari bugun yöqolib ketiş xavfi ostida.
Şuningdek, farzandiga alla eşittirmoqçi bölgan ota-onalar ham köpinça bu qöşiqlarni turli platformalardan izlaşga majbur bölmoqda. Topilgan namunalar esa aksar hollarda sifatsiz yoki töliq yozib olinmagani bilan muammo tuğdiradi.
“Milliy alla” loyihasi aynan şu muammolarga yeçim bölib, milliy merosimizni asrab-avaylaş, uni sifatli şaklda kelajak avlodga yetkaziş hamda ota-onalar uçun işonçli va qulay manba yaratişni maqsad qiladi.
Loyiha muallifi: “Alpomiş media” jamiyati rahbari Öktam Hakimov.









