Bolalar kontentini rivojlantiriş markazida yangi format: “Jonim bolam” ijtimoiy realiti-şousi maʼqullandi!
Markaz loyihalarining janr yönalişlari kengayib bormoqda. Endilikda badiiy va animatsion filmlar bilan bir qatorda, ösmirlar hayotidagi murakkab mavzularni yorituvçi ijtimoiy realiti-şoular ham yölga qöyiladi.
Ekspertlar kengaşi yiğilişida “Safarov production” MÇJ rahbari va loyiha muallifi Baxtiyor Safarov tomonidan taqdim etilgan eksklyuziv loyiha — “Jonim bolam” ijtimoiy-tarbiyaviy realiti-şousi körib çiqildi.
Kengaş aʼzolari loyihaning konsepsiyasi va zamon talablariga mosligini inobatga olib, uni amalga oşirişni bir ovozdan maʼqulladi.
📌 Loyihaning ahamiyati: loyiha ösmirlar örtasida uçrayotgan ruhiy bosim, internetga qaramlik, tengdoşlar va ota-onalar bilan tuşunmovçilik kabi oğriqli nuqtalarga qaratilgan.
Loyihaning dolzarbligi:
Muammoni aniqlaş: ösmirlik davridagi inqirozlarni erta bosqiçda aniqlab, ularga töğri psixologik yeçim topiş;
Soğlom muloqot: ota-ona va farzand örtasida uzilib qolgan aloqani qayta tiklaş;
Real tahlil: sunʼiy ssenariysiz, hayotiy vaziyatlar va professional psixologlar nazoratidagi maxsus dastur.
Kengaş aʼzolari loyihaning psixologik jihatlariga alohida töxtalib, jarayonda bola manfaatlari va xavfsizligi ustuvor mezon bölişi şartligini taʼkidladi.









