▪️ Markaz rahbariyati va Bolalar ombudsmani “Jonim bolam” loyihasi ijodkorlari bilan uçraşdi.
Muloqotda loyiha jamiyatdagi eng dolzarb ijtimoiy muammolardan birini yoritişga qaratilgani, uning mazmuni va maqsadi alohida eʼtirof etildi.
Ayni paytda bunday mavzuga murojaat qiliş katta masʼuliyat talab etadi. Ijodkorlarga loyiha şaklining bolalar ruhiy-emotsional holati va huquqlariga taʼsiri yuzasidan tavsiyalar berildi.
Uçraşuv yakunida “Jonim bolam” loyihasi bolalar manfaatlari, şaʼni va huquqlarini töliq taʼminlaydigan formatda davom ettirilişi belgilandi. Bu yondaşuv loyihaning ijtimoiy ahamiyatini yanada oşirişga xizmat qiladi.
📌 Bolalar haqidagi kontent avvalo bolalar uçun xavfsiz bölişi şart.















