Bu yerda Özbekistondagi ilk töliq metrajli animatsion film – "Qahramonlar"ning işlab çiqariliş jarayoni bilan tanişildi.
"Lola animation" studiyasi rahbari A.Rahimjonov animatsiya jarayoning 85 foizi yakunlanganini, hozirgi bosqiçda render va VFX (effektlaştiriş) işlari olib borilayotganini bildirdi. Şuningdek, color grading (ranglaştiriş) jarayonlari ham boşlangan. Loyiha uçun Qozoğistondan render mutaxassislari ham jalb qilingan.
Bugungi kunda film ustida jami 150 nafarga yaqin mutaxassislar işlamoqda. Ularning 38 nafari "Lola animation"ning doimiy jamoasi aʼzolari bölsa, yana 50 nafarga yaqini freelance mutaxassislardir. Qolaversa, loyihada Eron, Hindiston hamda Qozoğistondan 50 nafarga yaqin animatorlar ham iştirok etyapti.
"Qahramonlar" animatsion filmi Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarga sovğa qilinişi rejalaştirilgan.











