Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi Xalqaro bolalar va ösmirlar adabiyoti kengaşi — IBBYʼning Özbekistondagi rasmiy şöbasi sifatida tasdiqlandi!
— Bugungi taqdimotimni xuşxabar bilan boşlamoqçiman. Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi 2026-yil, mart oyidan Xalqaro bolalar va ösmirlar adabiyoti kengaşi — (IBBY)ning Özbekiston milliy şöbasiga rahbarlik qila boşladi.
IBBY dunyo böyiça 86 ta davlatni birlaştirgan xalqaro taşkilot bölib, missiyasi — bolalarda mutolaa madaniyatini rivojlantiriş hamda butun dunyo böylab mualliflar, illustratorlar va naşriyotçilar kabi soha mutaxassislarini qöllab-quvvatlaşdir.
Markazning IBBYdagi vakilligi özbekistonlik mualliflar va naşriyotlar uçun katta imkoniyat beradi. Masalan, dunyoning eng yirik mukofotlari va dasturlariga yöl oçiladi.
Xususan, bolalar adabiyotining «Nobel»i hisoblanadigan Xans Kristian Andersen mukofoti, dunyodagi eng yaxşi kitoblarning har yilgi katalogi bölgan IBBY Faxriy röyxatida bizning yozuvçi va illustratorlarimizning asarlari ham doimiy bölişi mumkin.
Veronika Ahmedova,
IBBY Özbekiston Milliy seksiyasi ijroçi direktori












