📚 Ushbu nufuzli tadbirda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ilk marta Xalqaro bolalar va oʻsmirlar adabiyoti kengashi — IBBYʼning Oʻzbekistondagi rasmiy shoʻbasi sifatida bolalar uchun tayyorlangan rang-barang kitoblardan iborat milliy stend bilan qatnashdi.
📌 Eslatib oʻtamiz, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi 2026-yil mart oyidan buyon IBBYʼning Oʻzbekiston milliy shoʻbasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Markaz koʻmagi bilan oʻzbekistonlik ijodkorlar shu yilning aprel oyida Bolonyada oʻtkazilgan 63-Xalqaro bolalar adabiyoti koʻrgazmasida ham munosib ishtirok etgan edi. Sankt-Peterburg saloni esa ushbu xalqaro adabiy jarayonning mantiqiy davomi boʻldi.
🎤 Tadbirda Markaz vakili, yozuvchi Qobiljon Shermatov maʼruza qilib, yurtimizda bolalar uchun kontent tayyorlash alohida tizim sifatida shakllantirilgani, sohadagi yangi tendensiyalar va xalqaro miqyosdagi loyihalar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, IBBY Oʻzbekiston Milliy seksiyasi ijrochi direktori Veronika Ahmedova, Markaz Media boʻlimi bosh mutaxassisi Munisa Magametibragimova oʻzbek bolalar adabiyoti namunalari bilan xorijlik mutaxassislarni yaqindan tanishtirdi.
▪️ Markazning forumdagi ishtiroki oʻzbek bolalar ijodkorlari va ularning asarlarini jahon adabiy maydoniga olib chiqish, xalqaro tajribani milliy loyihalarimizga tatbiq etish yoʻlidagi navbatdagi qadamdir.















