▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi hamda Nyu-York kino akademiyasi (NYFA) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Muloqotda NYFA Prezidenti va bosh direktori — Maykl Yang, Akademik masalalar boʻyicha vitse-prezident Sonni Kalderon va Los-Anjeles boʻlinmasi strategiya masalalari boʻyicha bosh direktor Dan Makler ishtirok etdi.
📌 Endilikda Nyu-York kino akademiyasida oʻqish istagidagi yoshlar NYFAga Toshkentdan turib hujjat va imtihon topshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Vakil sifatida jarayonlarda yaqindan koʻmaklashadi.












