19-dekabr kuni Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasiga asosan “Lola Animation” studiyasi tomonidan işlangan “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” animatsion filmi premyerasi bölib ötdi.
Şu kuni Toşkentdagi Özbekiston Milliy kino sanʼati saroyida şunçaki premyera bölgani yöq, balki mamlakat tarixidagi ilk töliq metrajli 3D format multfilm, taʼbir joiz bölsa, özining dastlabki 2000 nafar yoş tomoşabini sinovidan ötdi. “Sehrlandiya”ning yakunlovçi titrlari ekranga çiqa boşlagan vaqtdagi minglab bolalarning davomli olqişlari va samimiy xursandçiligi imtihon aʼlo bahoga topşirilganining tasdiği bölsa ne ajab!
Özbekistonlik bolalar uçun Yangi yil bayramining asosiy sovğasiga aylangan uşbu film nafaqat yoş tomoşabinlar, balki jamoatçilik tomonidan ham iliq kutib olindi. Xususan, Özbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Nazokat Usmonova şunday yozadi: “Har bir ertak — bir haqiqat. Biroq buni inson katta bölgaç, anglab yetarkan. Har bir yaxşilik — çin qahramonlik. Qilinayotgan yaxşilikning çin ezgulik ekaniga işoniş esa muhim. “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” animatsion filmi zamonaviy format va ğoya asosida yaratilgan bölsa-da, yoş tomoşabinlarni ayni fikrlar haqida astoydil muşohada yuritişga undagani aniq”.
“Bugungi davr özbek bolalari nimani köradi? Ular uçun qanday zamonaviy media-mahsulotlar bor? Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi faoliyatining dastlabki kunlaridanoq ana şu savollar atrofida izlandi. “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” esa birinçi katta javob... Özbek kinosida animatsiya uzoq yillar davomida asosan qisqa metrajli va çeklangan imkoniyatlar doirasida rivojlangan. Bugun ana şu manzara butunlay özgarmoqda. Yangi loyiha nafaqat ijodiy jamoaning yutuği, balki davlat miqyosida bolalar uçun sifatli kontent yaratişga qaratilgan tizimli yondaşuvning natijasi ham”, — deyiladi “Özbekiston 24” telekanali muxbiri Nodira Odilovaning reportajida.
“Aniq.uz”ning yangi multfilm taqdimotiga bağişlangan tahririyat maqolasida “Sehrlandiya” özbekistonlik tomoşabinlarning “biznikilar ham qaçon xorijning sifatli multfilmlariga öxşaş asarlar işlarkin”, degan orzularini röyobga çiqarganini taʼkidlanadi. “Aytgança, multfilm ijodkorlari bilan yana bir jabhada fikrimiz bir joydan çiqdi — robotlaştiriş kelajakda yaxşi oqibatlarga olib kelmaydi. Sunʼiy intellektni puxta örganib, töğri foydalaniş esa har doim yordam beradi”, — deya qöşimça qilingan maqolada.
Bu — bolalar uçun tayyorlangan yangi milliy media-mahsulotga bildirilayotgan munosabatlardan bir şingil edi. Quyida keltirilayotgan röyxat orqali “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” animatsion filmi premyerasi umuman OAVda qanday yoritilayotgani bilan tanişiş mumkin:
- “Özbekiston 24”: “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” töliq metrajli animatsion filmi taqdimoti
- ÖzA: “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” animatsion filmi – yoş tomoşabinlar uçun betakror sovğa
- “Yoşlar” telekanali: Özbekiston tarixida ilk bor 3D formatda işlangan töliq metrajli animatsion film - “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” premyerasi bölib ötdi
- “Kun.uz”: Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinçi qadam”
- “Daryo”: Özbekistonda ilk 3D animatsion film 25-dekabrdan kinoteatrlarda namoyiş etiladi
- “Gazeta”: Özbekistonda birinçi töliq metrajli 3D multfilm suratga olindi
- “Aniq.uz”: “Sehrlandiya”: “Örgimçak odam” emas — Jaloliddin, yovuzlik emas — yaxşilik, qörqoqlik emas — işonç!
- “YUz.uz”: “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi”
- “XS.uz”: “Milliy animatsiyada muhim qadam”. Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi premyerasida iştirok etdi
- “Anhor.uz”: Özbekistonda 3D formatida yaratilgan ilk töliq metrajli animatsion film taqdim etildi
- “Qalampir.uz”: Saida Mirziyoyeva Disney vitse-prezidenti bilan özbekça multfilm tomoşa qildi
- “Platina.uz”: “Sehrlandiya”: ilk 3D multfilm premyerasi bölib ötdi
- “Zamon.uz”: Özbekistonda ilk bor 3D formatda animatsion film namoyiş etildi
- “Darakçi.uz”: Saida Mirziyoyeva öğli bilan multfilm premyerasiga bordi
- “Xabardor.uz”: Özbekiston tarixida ilk bor 3D formatdagi töliq metrajli animatsion film işlandi
- “Xabar.uz”: “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmining premyerasi bölib ötdi
- “Vaqt.uz”: Saida Mirziyoyeva öğlini “Sehrlandiya” multfilmi premyerasiga olib bordi
- “Zamin.uz”: Özbekistonda ilk 3D töliq metrajli multfilm premyerasi bölib ötdi
Maʼlumot uçun, 25-dekabrdan yurtimiz kinoteatrlarida “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmining ommaviy namoyişlari boşlanadi. Film treyleri va saundtreki bilan uning YouTubeʼdagi rasmiy sahifasida tanişiş mumkin.





