“The Lion King”, “Stuart Little” va “Mr. Peabody & Sherman” kabi yirik loyihalar ijodkorlaridan biri, dunyo kino sanoatida oʻziga xos maktab yaratgan rejissyor — Rob Minkoff bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
📌 Ushbu hamkorlik doirasida quyidagilar kutilmoqda:
— master-klasslar;
— rejissyor va animatorlar uchun ijodiy muloqot;
— tajriba almashinuvi;
— taʼlim va professional rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar.
💫 Shuningdek, Rob Minkoffning Oʻzbekiston bilan toʻliq metrajli animatsion filmda rejissyor sifatida ishlashi boʻyicha muzokaralar davom etmoqda.
Rob Minkoff bilan hamkorlik bolalar uchun milliy kontent yaratish salohiyatini oshirish va mahalliy mutaxassislarni global ijodiy muhit bilan bogʻlashga xizmat qiladi.











