Bolalar kontentini rivojlantiriş markazida «Susambil», «Qurultoy» va «Dervish_nod» kabi maşhur loyihalar muallifi, tadqiqotçi va bloger Nodir Nişonov bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda milliy tariximizni bolalarga oson, qiziqarli va zamonaviy usulda tuşuntiruvçi kontentlar mavzusi muhokama qilindi.
Yaʼni:
Quruq faktlardan voz keçamiz: bolalar raqamlarni emas, hikoyalarni yaxşi köradi.
Yorqin obrazlar kuçi: milliy özlik va tarixni bolalar qalbiga qiziqarli qahramonlar orqali singdiriş lozim.
Zamonaviy format: ijtimoiy tarmoqlar tilida, sodda va boy multimedia kontentlaridan foydalaniş — davr talabi.
Uçraşuvda milliy tarixni bolalar uçun maxsus soddalaştirilgan va zamonaviy vizual formatda taqdim etuvçi yangi ğoya — “Darveş-Kids” loyihasi ham körib çiqildi.








