Ekspertlar kengaşida “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” töliq metrajli multfilmining tarğiboti, premyera tadbirlari va film qahramonlari aks etgan merç mahsulotlarini tayyorlaş böyiça hisobot körib çiqildi.
Taʼkidlanganidek, bolalarimiz öz tilida, öz ruhiyatiga yaqin, zamonaviy multfilmlarni körib ulğayişi juda muhim.
Premyeralar va qamrov körsatkiçlari:
✅ Multfilm premyeralari 4 mingga yaqin bolajonlarni qamrab oldi.
✅ Asosiy namoyişlardan söng, 26-dekabrdan boşlab multfilm yurtimizdagi 10 ta yirik kinoteatrda ekranlarga çiqdi.
✅ Yangi yil bayrami arafasida katta ekranlarda taqdim etilgan kontentlar orasida özbek tilidagi yagona animatsion asar aynan “Sehrlandiya” böldi.
Asosiy raqamlar:
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida obunaçilari soni 10 mingdan oşdi.
✅ Umumiy körişlar soni 30 milliondan ortdi.
✅ Tomoşabinlar taşrifi böyiça “Sehrlandiya” “Zveropolis 2” va “Cheburashka 2” kabi xalqaro loyihalardan söng kuçli uçlikdan joy oldi.
✅ Özbek tilidagi filmlar orasida esa taşrif buyuruvçilar soni böyiça mutlaq peşqadamlikni qölga kiritdi.
Ijtimoiy taşabbus:
Yiğiliş yakunida zaxirada qolgan merç mahsulotlarini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga beğaraz tarqatiş böyiça xayriya taşabbusi ilgari surildi.















