▪️ Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasiga köra, Yoşlar işlari agentligi bilan hamkorlikda özbek animatsiyasi tarixida birinçi milliy anime — “Şiroq va Oyqiz” loyihasi start olmoqda.
“Art Craft” studiyasida işlanayotgan uşbu loyiha hozirda rejissyorlik ssenariysini yoziş davrida.
📌 Yapon animesi butun dunyo böylab yuz millionlab yoş tomoşabinlarni birlaştirgan ulkan madaniyatdir. Çunki u yuqori dinamika, çuqur syujet, kuçli xarakterlar va umuminsoniy qadriyatlar orqali gapiradi.
Özbek yoşlari orasida ham uşbu janrga qiziqiş kundan kunga oşib bormoqda. Biroq bugun bolalarimiz tomoşa qilayotgan xorij animelarining aksariyati özbek mentaliteti va qadriyatlariga doim ham mos kelavermaydi.
Bu masalaning yagona yeçimi esa — milliy animedir. “Şiroq va Oyqiz” anime janrining şiddati va jozibasini saqlagan holda, uni özbek tarixi, madaniyati va axloqiy mezonlari bilan töldiradi.
✨ Milliy anime olamidagi ilk qadamlarni biz bilan kuzatib boring!















