▪️ Ekspertlar kengaşi yiğilişida “Sirli kod” serialining töliq tayyorgarlik bosqiçida amalga oşirilgan işlar yuzasidan ijodkorlarning hisoboti tinglandi.
📌 Loyiha haqida
Uşbu serial bolalarni raqamli savodxonlikka örgatiş hamda kiberjinoyatçilikning salbiy oqibatlaridan ogoh etişga qaratilgan.
Sönggi yillarda Özbekistonda umumiy qayd etilgan jinoyatlarning salkam yarmi – 44,4 foizi aynan kibermakonda sodir etilmoqda.
“Sirli kod” milliy seriali yoş avlodda kiberhujum va kiberbullingga qarşi bilim va könikmalarni şakllantiriş, axborot texnologiyalari sohasiga bölgan qiziqişni yanada oşiriş maqsadida yaratilmoqda.
Hamkor: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Studiya: “QD films”
Ssenariy muallifi: Jamoliddin Ortiqaliyev
Rejissyor: Qudratilla Dadajonov
📌 Kengaş bildirilgan tavsiyalarni inobatga oliş şarti bilan loyihani tasvirga oliş bosqiçiga ötkazişni maʻqulladi.









