Buyuk Amir Temur bobomizning bolaligi haqidagi tarixiy-badiiy film uçun adabiy ssenariy yoziş jarayoni özining eng qizğin bosqiçiga kirdi.
Markazda ssenariy mualliflari — Yusuf Roziqov va Qobiljon Şermatov, şuningdek, postanovkaçi rejissyor Akbar Bekturdiyev iştirokida ssenariyning dastlabki varianti muhokama qilindi.
“Bolalar haqidagi film va bolalar uçun film yaratiş — bu ikki xil vazifa. Agar bolalar uçun tarixiy film yaratilsa, oldingizda jiddiy tanlov paydo böladi: film orqali bolalarga tarixni örgatiş kerakmi yoki Tеmurbekning şijoati, dovyurakligi, sadoqati va adolatparvarligini singdiriş kerakmi? Albatta, har ikkisi ham muhim. Ammo şu ikki yönalişni uyğunlaştirib, bolalar uçun qiziqarli va taʼsirli ifoda topiş — eng nozik masala. Biz jamoa bilan ayni paytda şu ustida işlayapmiz”, — deydi Yusuf Roziqov.











