Ekspertlar kengaşi yiğilişida eng istiqbolli loyihalardan biri — “Ustoz Tiprabek” musiqiy-animatsion seriali qahramonlarining modellari taqdimoti ötkazildi.
Kengaş aʼzolari loyihaning ssenariy yönalişi va qahramonlarining modellarini ijobiy baholab, loyihani keyingi bosqiçga ötişiga ruxsat berdi.
Uşbu loyiha katta ijtimoiy-maʼrifiy ahamiyatga ega bölib, u Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Suv xöjaligi, Energetika vazirliklari, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Boş prokuratura bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.
Loyiha orqali bolalarga ekologik madaniyat, huquqiy savodxonlik, favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş, tabiiy boyliklar, xususan, suv resurslaridan oqilona foydalaniş kabi muhim hayotiy könikmalar quvnoq qöşiqlar va qiziqarli syujetlar orqali yetkaziladi.
Ekspertlar kengaşi aʼzolari navbatdagi lohiya — “Döppi va uning döstlari” multserialining yangi qismlari ssenariysi bilan tanişib, öz fikr-mulohazalarini bildirdi. “Döppi va uning döstlari” milliy ruh va zamonaviy animatsiya uyğunligidagi loyiha bölib, bolalarda muammolarga ijodiy yeçim topiş könikmasini şakllantiradi.
Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi “Dip Animation” studiyasiga loyihalarni davom ettirişda muvaffaqiyat tilaydi!









