▪️ Bolalarga haqiqiy multfilmlar olamini körsatiş va ulardan jonli “feedback”lar oliş maqsadida yurtimizdagi uçta yirik animatsiya studiyasi kiçik ekspertlar uçun öz eşiklarini oçdi.
📍Birinçi manzil — “Ustoz Tiprabek” multseriali işlanayotgan “Dip animation” studiyasi.
Uşbu loyiha katta ijtimoiy-maʼrifiy ahamiyatga ega bölib, multfilm orqali bolalarga ekologik madaniyat, huquqiy savodxonlik, favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş, tabiiy boyliklar, xususan, suv resurslaridan oqilona foydalaniş kabi muhim hayotiy könikmalar quvnoq qöşiqlar va qiziqarli syujetlar orqali yetkaziladi.
Bu manzilda bolalarni haqiqiy ijodiy muhit kutib oldi. Kiçik mehmonlar multfilm qahramonlari qanday yaratilişini kuzatiş bilan birga, jarayonning iştirokçisiga ham aylandi.
Animatorlarning iş stoliga joylaşgan kiçik ekspertlar qahramonlarni böyab, harakatlantirib körişdi. Eng qiziği ijodkorlar ham ularni haqiqiy hamkasb sifatida qabul qildi.
Bolalar uçun “Ustoz Tiprabek” multserialining ilk qismi namoyiş etildi. Natija esa kutilganidan ham yaxşi: multfilm tugaşi bilan “Keyingi qismi qaçon çiqadi?”, “Qayerda körsak böladi?” degan savollar yangradi.
✅ “Ustoz Tiprabek” özining eng xolis tomoşabini — bolalar imtihonidan muvaffaqiyatli ötdi. Tez kunda premyera!















