Bolalar kontentini rivojlantiriş markazida “The Walt Disney Company” kompaniyasining vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining 8 karra sovrindori, maşhur ijodkor Hayma Vashington bilan uçraşuv bölib ötdi.
Tadbirda Markaz faoliyati, strategik loyihalar va kelgusi rejalar taqdim etildi. Şuningdek, yoş kinoijodkorlar va animatorlar uçun xalqaro standartlarga mos mahorat darslari va treninglar taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Uşbu taşabbus milliy animatsiyani yangi bosqiçga olib çiqiş va raqobatbardoş kontent yaratişga xizmat qiladi.












