▪️ Navbatdagi manzil “Lola animation” studiyasi, bolalarning diqqat markazida esa — “Yöl-bars berar dars” multfilmi böldi.
Har yili dunyoda 1,2 million kişi yöllarda halok böladi va taxminan 50 million kişi jarohat oladi. Açinarlisi, yöl-transport hodisalari 29 yoşgaça bölganlar orasida ölimning asosiy sabablaridan biri bölib qolmoqda.
Mamlakatimizda ham bu muammo dolzarb. Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati maʼlumotlariga köra, 2025 yilda 2188 nafar inson YTH oqibatida vafot etgan bölib, ular orasida yuzlab bolalarning borligi ayniqsa taşvişli.
Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda işlab çiqilayotgan “Yöl-Bars berar dars” multfilmi aynan şu dolzarb muammoga bolalarni erta yoşdan bilimli qiliş orqali yeçim topiş maqsadida işlab çiqilmoqda.
“Lola animation” studiyasida bolalar yölda xavfsiz harakatlanişni örgatuvçi quvnoq va mehribon qahramon — Yöl-bars bilan yaqindan tanişdi.
"Bitta harakat uçun şunça rasm çiziş kerakmi?" deb hayratga tuşgan közlar, köp ötmay ekrandagi Yöl-barsga mehr bilan qaradi. Kiçik ekspertlarning xulosasi ijobiy böldi: "Bu biz uçun juda kerakli mavzu, multfilmni kutamiz!"
✅ Xullas, Yöl-bars bolalarning qalbiga yöl topdi. Endi navbat katta ekranlarga!















