▪️ Kiçik ekspertlar kengaşining navbatdagi manzili — “Zoocast” podkasti işlanayotgan “Art Craft” studiyasi böldi. Bu yerda bolajonlar haqiqiy yulduzlardek olqişlar bilan kutib olindi.
“Zoocast” — bolalar uçun möljallangan köp qismli animatsion podkast bölib, unda:
koinot sirlari
soğlom turmuş tarzi
internet xavfsizligi
tarixiy şaharlarimiz
atrof-muhitni asraş kabi muhim mavzular jonivorlar örtasidagi qiziqarli bahs va yumor orqali yoritiladi.
Podkastning har bir qismi bolalarning mantiqiy fikrlaşini rivojlantirib, ularni zamonaviy texnologiyalar va kelajak kasblari bilan taniştiradi. Şu maʼnoda “Zoocast” yoş tomoşabinlar uçun ham taʼlimiy, ham köngiloçar vizual loyiha bölib xizmat qiladi.
Avvaliga kiçik mehmonlar ijodiy muhitga şönğişdi. Multfilm qanday paydo böladi? Kadr ortida kimlar mehnat qiladi? Bu savollarga jarayonning içida turib javob olişdi.
Söng eng hayajonli daqiqalar boşlandi: “Zoocast”ning ilk soni bolalar hukmiga havola etildi. Birinçi mavzu — sirli va çeksiz koinot! Tomoşadan keyin kiçik ekspertlarimizning xulosasi qatʼiy va bir ovozdan böldi: “Bizga bu podkast kerak! Davomini kutamiz!”
✅ Xulosa qiliş mumkinki, “Zoocast” bolalarning sevimli loyihasiga aylanişi şubhasiz!















