▪️ Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi rahbari New York Film Academy Media Arts departamenti kreativ direktori Kreyg Keyton (Craig Caton) bilan uçraşdi.
Kreyg Keyton — Gollivud kino industriyasida qirq yildan ortiq tajribaga ega bölib, 100 dan ortiq filmlar yaratilişida vizual effektlar va animatsiya böyiça iştirok etgan.
Xususan, Kreyg Keyton:
“Arvoh ovçilari” (Ghostbusters) filmidagi Slimer arvohi;
“Yura davriga sayohat” (Jurassic Park) filmidagi raptorlar;
“Betmen: qaytiş” (Batman Returns) filmidagi pingvinlar mualliflaridandir.
Şuningdek, “Terminator 2: Qiyomat kuni” (Terminator 2: Judgment Day), “Apollon 13” (Apollo 13), “Rapunsel” (Tangled), “Ajdarni qanday qölga örgatiş mumkin 2” (How to Train Your Dragon 2) kabi köplab maşhur filmlarning maxsus vizual effektlari ustida işlagan.
Kreyg Keyton raqamli effektlar sohasida yetakçi kompaniya hisoblangan Digital Domain asosçilaridan biri hamda Disney va DreamWorks animatsiya studiyalarida faoliyat olib borgan katta tajribali mutaxassis.
📌 Muhim yangilik: uçraşuv söngida Kreyg Ketonga Özbekistonga taşrif buyuriş taklifi bildirildi. Taniqli ekspert uşbu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.
💫 Taşrif doirasida yoş ijodkorlar uçun mahorat darslari, oçiq muloqotlar hamda treninglar turkumi taşkil etiladi.



