Xalqaro hamkorlikka qaytiş

Kaliforniya san'at instituti bilan hamkorlik

Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi direktori Jahongir Ahmedov boşçiligidagi delegatsiyasi Gollivud safari davomida dunyo kino san'atida yuksak ijodkorlar kamol topgan nufuzli Kaliforniya san'at instituti rahbariyati bilan uçraşuv ötkazdi.

2025-yil 30-sentabr
~ 1 daqiqa öqiş
Kaliforniya san'at instituti bilan hamkorlik - 1
Kaliforniya san'at instituti bilan hamkorlik - 2
Kaliforniya san'at instituti bilan hamkorlik - 3
1 / 3

Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik yönalişlari muhokama qilindi. Xususan, Tim Burton kabi afsonaviy kinoijodkorlar yetişib çiqqan mazkur institut bilan taʻlim sohasida hamkorlikni yölga qöyiş, özbek mutaxassislari uçun maxsus yozgi maktab dasturlarini taşkil etiş masalalari körib çiqildi.

California Institute of the Arts (CalArts) — AQŞning Kaliforniya ştatidagi Santa-Klarita şahrida joylaşgan xususiy, nufuzli oliygoh bölib, 1961-yili Uolt Disney taşabbusi bilan taşkil etilgan. Institut san'at sohasidagi ilğor, tajribaviy yondaşuvlari bilan maşhur bölib, unda talabalar san'at, raqs, kinematografiya, musiqa, teatr va tanqidiy fikrlaş yönalişlari böyiça tahsil oladi.

CalArts özini nafaqat taʻlim muassasasi, balki erkin ijod maydoni sifatida köradi — bu yerda talabalarga kreativ ğoyalarini erkin ifoda etiş, turli san'at turlarini uyğunlaştiriş va yangiça tajribalar ötkaziş imkoni beriladi.

Bugungi kunda CalArts san'at taʻlimida dunyodagi eng taʻsirli maktablardan biri hisoblanadi. Uşbu institutdan bitirganlar orasida Disney va Pixar kabi yirik studiyalarda işlayotgan yönaliş yetakçilari, maşhur rassomlar, kinoijodkorlar va musiqaçilar bor.