Xalqaro hamkorlikka qaytiş

Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi

Uşbu nufuzli tadbirda Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi ilk marta Xalqaro bolalar va ösmirlar adabiyoti kengaşi — IBBY’ning Özbekistondagi rasmiy şöbasi sifatida bolalar uçun tayyorlangan rang-barang kitoblardan iborat milliy stend bilan qatnaşdi.

2026-yil 24-may
~ 1 daqiqa öqiş
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 1
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 2
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 3
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 4
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 5
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 6
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 7
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 8
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 9
Markaz XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida iştirok etdi - 10
1 / 10

📚 Uşbu nufuzli tadbirda Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi ilk marta Xalqaro bolalar va ösmirlar adabiyoti kengaşi — IBBY’ning Özbekistondagi rasmiy şöbasi sifatida bolalar uçun tayyorlangan rang-barang kitoblardan iborat milliy stend bilan qatnaşdi.

📌 Eslatib ötamiz, Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi 2026-yil mart oyidan buyon IBBY’ning Özbekiston milliy şöbasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Markaz kömagi bilan özbekistonlik ijodkorlar şu yilning aprel oyida Bolonyada ötkazilgan 63-Xalqaro bolalar adabiyoti körgazmasida ham munosib iştirok etgan edi. Sankt-Peterburg saloni esa uşbu xalqaro adabiy jarayonning mantiqiy davomi böldi.

🎤 Tadbirda Markaz vakili, yozuvçi Qobiljon Şermatov maʻruza qilib, yurtimizda bolalar uçun kontent tayyorlaş alohida tizim sifatida şakllantirilgani, sohadagi yangi tendensiyalar va xalqaro miqyosdagi loyihalar haqida söz yuritdi. Şuningdek, IBBY Özbekiston Milliy seksiyasi ijroçi direktori Veronika Ahmedova, Markaz Media bölimi boş mutaxassisi Munisa Magametibragimova özbek bolalar adabiyoti namunalari bilan xorijlik mutaxassislarni yaqindan taniştirdi.

▪️ Markazning forumdagi iştiroki özbek bolalar ijodkorlari va ularning asarlarini jahon adabiy maydoniga olib çiqiş, xalqaro tajribani milliy loyihalarimizga tatbiq etiş yölidagi navbatdagi qadamdir.