Xalqaro hamkorlikka qaytiş

Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv

Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi direktori Jahongir Ahmedov boşçiligidagi delegatsiya AQŞning Los-Anjeles şahrida dunyo animatsiyasining maşhur vakili, taniqli illyustrator, raskadrovka va konsept rassomi Mayk Morris bilan uçraşdi.

2025-yil 8-sentabr
~ 1 daqiqa öqiş
Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv - 1
Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv - 2
Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv - 3
Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv - 4
Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv - 5
Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv - 6
Dunyo animatsiyasining maşhur vakili Mayk Morris bilan uçraşuv - 7
1 / 7

Mayk Morris — jahonga maşhur multfilm rejissyori va raskadrovka ustasi. U dovruği dunyoga doston "Simpsonlar" multserialida, şuningdek, Disney studiyasi tomonidan 2017-yilda qayta tiklangan "Ördaklar sarguzaştlari" animatsion serialida işlagan.

Mayk Morris Walt Disney va Warner Bros. kabi tarixiy studiyalar bilan bir qatorda, zamonaviy DreamWorks studiyasi bilan ham yaqin hamkorlik qiladi.

Uçraşuvda mamlakatimizda töliq metrajli animatsion filmlar hamda multseriallar işlaşni kengaytiriş, özbekistonlik animatorlarning malaka hamda tajribasini oşiriş, mutaxassislar almaşinuvini yölga qöyiş singari muhim masalalar yuzasidan söz bordi.