Uçraşuv davomida hamkorlarga Alişer Navoiy asarlari asosida bolalarga möljallangan töliq metrajli animatsion film yaratiş ğoyasi taqdimot qilindi. "Lion Forge Entertainment" vakillari mazkur loyihaga jiddiy qiziqiş bildirişdi.
Markaz direktori Jahongir Ahmedov ularni xalqimiz etnografiyasi, boy madaniy merosi hamda qadim tarixi bilan yanada yaqindan tanişiş uçun Özbekistonga taklif qildi.
🌍 Qöşimça maʻlumot: "Lion Forge Entertainment" köpçilik bilmaydigan madaniyatlardan ilhom olib, uni jahonga olib çiqişi bilan maşhur. Ayni paytda ular ganalik qiz haqidagi xalq ertaklariga asoslangan "Iyanu" filmining global prokati bilan şuğullanmoqda. Premyera esa 2025-yil 5-aprelda bölib ötdi.
✨Uçraşuvdan olingan xulosa bitta: tez orada özbek ruhi va Navoiy sözlari Gollivud sahnasida ham yangraydi!


