📚 Xalqaro bolalar va ösmirlar adabiyoti kengaşining (IBBY) 70 yillik tarixida ilk marotaba özbekistonlik ijodkorlar nufuzli Faxriy röyxatdan (IBBY Honour List – 2026) joy oldi.
🖋 Faxriy röyxatdagi ijodkorlarimiz:
✍️ Qobiljon Şermatov — “Muallif” yönalişi böyiça “Buvamning oşqozonidagi mamlakat” dilogiyasi uçun (“Akademnaşr” naşriyoti);
✍️ Madina Möminova — “Muallif” yönalişi böyiça “Qahramonlar vaqti” eko-seriyasidagi “Zahramahr qörquvlari yoxud hamma narsaga kim aybdor?” eko-kitobi uçun (rus tilida, “Asian Book House” naşriyoti);
🎨 Nargis Karimova — “Illustratsiya” yönalişi böyiça “Toşkent Ali va Laʻli bilan” nomli rasmli yölkörsatkiç kitobining ajoyib vizual uslubi uçun (“Asian Book House” naşriyoti).
📌 Bu natija Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi qoşidagi IBBY Özbekiston milliy seksiyasining tizimli mehnati samarasidir.
▪️ Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi mualliflar hamda naşriyotlar jamoasini uşbu tarixiy debyut bilan tabriklaydi!
