Uçraşuvda birgalikda yirik loyihalarni amalga oşiriş, xususan, bir qator töliq metrajli multfilmlarni global miqyosda işlab çiqarib, xalqaro striming platformalari va kinoteatrlarda tarqatişga kelişildi. Tomonlar hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini bildirişdi.
Maʻlumot uçun: "Tom Lynch" kompaniyasi "Disney", "Nickelodeon", "HBO" va "Netflix" uçun köplab seriallarni yaratgan. Xususan, kompaniya mahsuloti bölgan hamda 2023-2024-yillarda efirga uzatilgan bir qator seriallar AQŞ va yevropalik yoşlar örtasida ança ommalaşgan.




